Jahon

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

AQSh va koalitsiya hamkorlari Iroqda IShIDga qarshi olib borilgan “Inherent Resolve” operatsiyasini rasman yakunladi. Bu haqda Pentagon bosh matbuot kotibi Shon Parnell ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, koalitsiya kuchlari va harbiy texnikasining Erbil aviabazasidan tartibli ravishda olib chiqilishi Iroqda IShIDni mag‘lub etishga qaratilgan harbiy missiyaning yakunlanganini anglatadi.

 

Pentagon AQSh boshchiligidagi kampaniya qariyb 12 yil davom etgani va natijada IShID Iroq hamda mintaqada uyushgan harbiy tahdid sifatida mag‘lub etilganini bildirdi.

 

Endilikda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifa Iroq xavfsizlik kuchlari, jumladan, Peshmerga va Iroq Kurdistonidagi boshqa kuchlar zimmasiga o‘tadi. AQSh esa Iroq tomoniga maqsadli harbiy tayyorgarlik va razvedka yordamini davom ettiradi.

 

Pentagon ma’lumotiga ko‘ra, IShID qoldiqlari hamda Iroq suvereniteti va mintaqaviy barqarorlikka tahdid solayotgan Eron bilan ittifoqdosh qurolli guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha asosiy mas’uliyat endi Iroq hukumatiga yuklanadi.

 

Shu bilan birga, AQSh Iroq bilan terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni davom ettirishini ma’lum qildi. Vashington IShIDning Iroq hududida qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Bag‘dod va boshqa hamkorlar bilan ishlashda davom etadi.

 

Pentagon vakili AQSh kuchli va suveren Iroqni qo‘llab-quvvatlashini, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, diplomatik va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asos bo‘lishini ta’kidladi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.