Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

Saida Mirziyoyeva 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarni tabrikladi.
U o‘z tabrigida o‘qituvchilarning bolalarni bilim olishga, mustaqil fikrlashga, o‘ziga ishonishga, boshqalarni hurmat qilishga va Vatanni sevishga o‘rgatishdagi mehnatini e’tirof etdi.
“O‘zbekistonda ustozlarga doimo alohida ehtirom ko‘rsatilgan. Ushbu qadriyatni asrab-avaylashimizni va keyingi avlodlarga ham singdirishimizni judayam xohlayman”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
U barcha ustozlarni bayram bilan muborakbod etib, ularning shogirdlariga qilgan yaxshiliklari o‘zlariga yuz barobar bo‘lib qaytishini tiladi.








