Sport

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

 

«Paxtakor» stadionida o‘tgan bahsda Fabio Kannavaro shogirdlari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 28-daqiqasida Sherzod Esanov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Akmal Mozgovoy O‘zbekistonning ikkinchi golini urdi.

 

Ikkinchi bo‘lim boshida Husayn Norchayev hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Hujumchi 90-daqiqada yana bir bor gol urib, dublini rasmiylashtirdi.

 

Suriyaning yagona goli esa uchrashuv yakunida O‘zbekiston futbolchisi Muhammad Hakimovning avtogoli natijasida qayd etildi.

 

O‘zbekiston — Suriya 4:1

 

Gollar: Esanov 28, Mozgovoy 44, Norchayev 48, 90 — Hakimov 90+3 (avtogol).

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 6-oktyabr kuni mehmonda Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.