Siyosat

TIVda AQSH elchisi bilan muzokaralar bo'lib o'tdi

Unda O'zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqildi.

TIVda AQSH elchisi bilan muzokaralar bo'lib o'tdi

 

Bugun, 29-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Furqat Sidikov Amerika Qo'shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xennikni qabul qildi.

 

O'zbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari ko'rib chiqildi.

 

Tomonlarning faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

 

Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, O'zbekiston va AQSh Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi yig'ilishi bilan bog’liq tashkiliy va mazmunli jihatlar muhokama qilindi.

 

Savdo, investitsiya, innovatsiya, qishloq xo'jaligi, energetika va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

 

Elchi AQSh ma'muriyatining O'zbekistonga moliyaviy-texnik ko’mak berish va pandemiyaga qarshi kurashda har tomonlama yordam ko'rsatishni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.

 

Mintaqaviy hamkorlik masalalariga, xususan, "C5+1" muloqot formati doirasidagi aloqalarga alohida e'tibor qaratildi.

 

Afg'onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. O'zbekistonning afg'on xalqiga ko'maklashish va qo'shni mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlari yuksak baholandi.

 

Uchrashuvda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O'zbekistondagi missiyasi direktori Mikela Meredit ham ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya Prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etdilar

Tadbirda ikki mamlakatning 200 nafardan ziyod rasmiy va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

custom img

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

custom img

Belgradda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Serbiya 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoatda sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildi.

custom img

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Marosimdan so'ng ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga Serbiyada rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi

Tashrif sharafiga “Kula Belgrad” binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"