Starlink Ozarbayjonda ish boshladi
Unga SpaceX kompaniyasidan rahbar tayinlangan.

Ilon Maskga tegishli bo‘lgan internet tarmoqlarini Sputnik aloqasi orqali yetkazib buruvchi Starlink kompaniyasi Ozarbayjonda o‘z ish faoliyatni boshladi.
“Starlink” MCHJ davlat reestridan ro‘yxatdan o‘tkazilib, unga rahbar etib SpaceX kompaniyasi biznes-operatsiyalar bo‘yicha direktori Loren Dreyer tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Starlink dunyoning turli mamlakatlarida internetga keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etadi. Ayni paytda kompaniyaning orbital sunʼiy yo‘ldoshlari 3000 dan ortiq.








