Jahon

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

 

Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga borayotgan 104 nafar Qirg‘iziston fuqarosi 12-noyabrdan beri Toshkentdan uchib keta olmayapti. Ularning aksariyati keksa yoshdagilar va turli kasalliklardan aziyat chekadi.

 

Bu haqda deputat Burul Amanova parlamentning Mehnat, sog‘liqni saqlash, ayollar ishlari va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda qolib ketgan ziyoratchilarning ko‘pchiligi Jalolobod va Botken viloyatlaridan. Ularga shu kunning kechki vaqtida reys tashkil etilishi va’da qilingan, biroq parvoz haqida aniq ma’lumot berilmagani sababli fuqarolar xavotirda.

 

Deputat “Nur-Umra” kompaniyasi vakillari bilan ham bog‘langan. Kompaniya vakillari ziyoratchilarning har biri qo‘shimcha 400 dollar to‘lasa, ularni manziliga jo‘natishga tayyorligini bildirgan. Biroq ziyoratchilar avvaldan yo‘l haqi uchun pul to‘laganini, bundan tashqari, ilgari ham qo‘shimcha 100 dollar to‘lashga majbur bo‘lganini aytib, taklifni rad etgan.

 

Burul Amanova Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi va Muftiyatni vaziyatga aralashib, fuqarolarga yordam berishga chaqirdi.

 

Avvalroq, 13-noyabr kuni Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi fuqarolarni Umra safarlarini tashkil etuvchi turistik kompaniyalarni sinchiklab tanlashga chaqirgan edi. Muftiyat “Nur-Umra” kompaniyasi faoliyati yuzasidan ko‘plab murojaatlar va rasmiy shikoyatlar kelib tushganini bildirgan.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya ziyoratchilarni yagona elektron Umra arizasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan safarga jo‘natgan. Bu holat yuzasidan tegishli departament hisobot taqdim etgan, kompaniya vakillariga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilinib, ogohlantirishlar berilgan.

 

Muftiyat 13-noyabrdagi bayonotida kompaniya faoliyati idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqish uchun yuborilganini ma’lum qilgan. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, qonuniy choralar ko‘rilishi bildirilgan.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.