Jahon

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat bolalarning raqamli va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Qozog‘istonda ilk tajriba: sun’iy intellekt qonun loyihasini ishlab chiqdi

 

Qozog‘iston parlamenti ilk bor AI-Quryltai sun’iy intellekt platformasidan foydalangan holda qonun loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda parlament raisi o‘rinbosari Dinara Zakiyeva ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RBC.

 

“Bolalarning raqamli va axborot xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasida voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan o‘yinlar kontentini majburiy belgilash va filtrlash tizimini joriy etish taklif qilingan.

 

Zakiyevaning so‘zlariga ko‘ra, AI-Quryltai platformasi 800 mingdan ortiq huquqiy hujjat asosida o‘qitilgan, huquqiy tahlil qilish imkoniyatiga ega sun’iy intellekt modeliga asoslangan. Tizim ota-onalarning murojaatlari va xalqaro tajribani o‘rganib, raqamli mahsulotlarni yorliqlash, xavfli kontentni bloklash hamda ota-ona nazoratini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, platforma egalari belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Shuningdek, tegishli yorliq va tasdiqdan o‘tmagan raqamli hamda axborot mahsulotlari, ilovalar va o‘yinlar bolalar uchun mavjud bo‘lmaydi.

 

Dinara Zakiyevaning qayd etishicha, hujjatga 120 dan ortiq tuzatish kiritilgan. Ular orasida bolalar huquqlarini raqamli muhitda kuzatish uchun ID-karta tizimini joriy etish taklifi ham bor.

 

Sun’iy intellekt tomonidan ishlab chiqilgan takliflar parlament a’zolari va yuristlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, yakuniy tahrirga keltirilgan. Hozirda qonun loyihasi hukumat tomonidan tasdiqlanishini kutmoqda.

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Umra ziyorati ortidan muammo: 100 dan ortiq qirg‘izistonlik Toshkentda qolib ketdi

Ularning manziliga yetib borishi uchun har biridan qo‘shimcha 400 dollar talab qilingani aytilmoqda.

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Korrupsiya mojarosi: Qozog‘iston Prezidenti Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarini almashtirdi

Bu qaror yirik davlat kompaniyalari rahbarlari korrupsiyaga oid gumonlar bilan hibsga olinganidan bir necha kun o‘tib qabul qilindi.

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

Rossiya mehnat bozorida o‘zbekistonliklar yetakchi: to‘qqiz oylik statistika e’lon qilindi

To‘qqiz oyda 1,5 milliondan ortiq fuqaro ushbu maqsadda mamlakatga kirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.