O'zbekiston

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

Uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti sifatida mulkdorlarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

Renovatsiya evaziga 1 ta uy o‘rniga 2 ta xonadon: Toshkentda yangi imkoniyat

 

Renovatsiya doirasida ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgan mulkdorlar uchun uy-joy masalasini hal etishning yana bir varianti nazarda tutilmoqda. Unga ko‘ra, ayrim fuqarolarga Yangi Toshkent hududidan xonadon ajratish taklif etilishi mumkin.

 

Mazkur mexanizm O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-243-son Farmonida belgilangan. Uy-joy loyihalari “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

 

Taklifga ko‘ra, Yangi Toshkent hududida mulkdorlarga mavjud xonadoni maydonining 150 foizigacha bo‘lgan hajmda uy-joy berish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

 

Masalan, 50 kvadrat metrli xonadon egasiga 75 kvadrat metrgacha bo‘lgan yangi uy taklif etilishi mumkin. Shuningdek, bitta xonadon o‘rniga ikkita alohida uy berish varianti ham ko‘rib chiqilishi mumkin. Jumladan, 70 kvadrat metrli uy egasiga umumiy maydoni 105 kvadrat metrgacha bo‘lgan 45 va 60 kvadrat metrli ikkita xonadon taklif etilishi mumkin.

 

Biroq bu misollar qat’iy kafolatlangan shartlarni anglatmaydi. Har bir holat ko‘chmas mulkning xususiyatlari va mulkdorlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, individual tartibda ko‘rib chiqiladi.

 

Takliflarni tayyorlash jarayoniga mustaqil tashkilotlar jalb etiladi. Xonadonlarning maydoni, soni va boshqa shartlar mulkdorlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 

Yangi mexanizm oilalarga o‘zlari yashab kelayotgan hududda qolish, kattaroq uyga ega bo‘lish yoki Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tish kabi variantlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi.

 

Shu bilan birga, renovatsiya jarayonida mulkdorlarning huquqlarini himoya qilish, shaffoflikni ta’minlash va kompensatsiya shartlarini kelishish asosiy tamoyillar bo‘lib qoladi.

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Buxoroda o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilindimi? Maktab boshqarmasi izoh berdi

Maktabning tom qismi qulab tushgan, boshqa xonalarida ham konstruktiv nuqsonlar aniqlan bo'lib, bino foydalanishga yaroqsiz deb topilgan.

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

22 daraja iliq bo‘ladi: hafta davomida ob-havo qanday o‘zgaradi?

Toshkent shahrida hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Fohishalikka jalb etishmoqchi bo‘ldi: Toshkent aeroportida odam savdosining oldi olindi

Gumonlanuvchi jabrlanuvchiga chet elda mo‘may daromad topishni va’da qilgan.

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

Firibgarlik haqida xabar tushishi bilan chora ko‘riladi: O‘zbekistonda 24/7 markaz tashkil etiladi

U orqali kiberfiribgarlik haqida xabar kelishi bilan pul harakati kuzatilib, tezkor choralar ko‘riladi.

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Temir yo‘l kesishmasidagi e’tiborsizlik: Damas poyezd bilan to‘qnashdi

Avtomobil haydovchisi temir yo‘l kesishmasidagi yo‘l belgisi talablariga rioya qilmasdan harakatlangan.

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

“Mashhurlikka erishmoqchi edik”: to‘yda yuk mashinalaridan kortej tuzgan haydovchilar jazolandi

Shuningdek, haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Radarlar tezlikni oshirib ko‘rsatyaptimi? O‘zbekistonda qurilmalar tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda radarlarning tezlikni noto‘g‘ri qayd etayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Ruhiy kasalliklar va giyohvandlik: Toshkentda 9 oylik ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Narkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turuvchilar soni 2025-yil 1-oktyabrga nisbatan 593 nafarga oshdi.