O'zbekiston

Vladimir Norov yangi lavozimga tayinlandi

Avvalroq u tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod qilingandi.

Vladimir Norov yangi lavozimga tayinlandi

 

Prezidentning tegishli farmoni bilan Vladimir Imomovich Norov Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori etib tayinlandi.

 

Vladimir Norov 1955-yilda Buxoroda tug‘ilgan. U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2006-yil 12-iyuldan 2010-yil 12-yanvargacha  O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.

 

2017-yilning mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor bo‘lgan. 2019-2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.

 

2021-yil 31-dekabr kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2022-yil 9-sentyabr kuni tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga xalq taʼlimi vaziri lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Saidov tayinlangan.  

 

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

custom img

Ustoz va murabbiylar kuni: bir guruh taʼlim fidoyilari mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

custom img

Banklar kredit berishda faqat uy-joy qiymatiga tayanmasligi kerak — Markaziy bank

Banklarga kredit ajratishda garovdagi uy-joy qiymatidan ko‘ra, qarz oluvchining kreditni qaytarish imkoniyatini asosiy mezon sifatida baholash tavsiya etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"