Ohangaronda Lacetti piyodani urib yubordi: erkak voqea joyida halok bo‘ldi
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Lacetti avtomobili piyodani urib yubordi. Oqibatda 1982-yilda tug‘ilgan erkak voqea joyida vafot etdi.
Yo‘l-transport hodisasi 26-noyabr kuni soat 21:00 atrofida Shodmalik mahallasi hududidan o‘tuvchi A373 avtomobil yo‘lining 35-kilometrida sodir bo‘lgan.
Maʼlum qilinishicha, 1987-yilda tug‘ilgan N.X. Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








