Toshkentda Cobalt salonida gaz chaqnadi: haydovchi jarohatlandi
Chaqnash so'ng yong‘in yuz bermagan.

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida avtoturargohda turgan Cobalt avtomobilida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hodisda oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olgan.
Hodisa 26-noyabr kuni soat 08:10 atrofida “Xushnud” mahallasi, Qipchoq ko‘chasidagi 2-uy oldida yuz bergan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi avtomobilni o‘t oldirayotgan vaqtda salonida to‘planib qolgan propan gazi sizib chiqishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borgan. Chaqnashdan keyin yong‘in kelib chiqmagan. aydovchiga shifoxonaga yotish zarurati tug‘ilmagan.








