Hi-Tech

СolaPhoneʼni kutyapsizmi?

Coca-Cola o‘zining smartfonini yaratishni rejalashtirmoqda.

СolaPhoneʼni kutyapsizmi?

 

Coca-Cola СolaPhone-ni ishlab chiqarmoqchi. Kompaniya logotipi tushirilgan gadjetning surati allaqachon mavjud.

 

Rasmga ko‘ra, gadjet qizil rangdagi korpusga ega bo‘ladi.  Bo‘lajak qurilma haqida hozircha texnik maʼlumotlar yo‘q.

 

Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisi o‘z smartfonini qachon ishlab chiqarishi ham maʼlum emas. Ayrim manbalarga ko‘ra, Coca-Cola o‘z brendi ostida telefonlarni chiqarish uchun taniqli mobil kompaniyalardan biri bilan hamkorlik qiladi.

СolaPhoneʼni kutyapsizmi? | Zamon.uz