Hi-Tech

Tesla avariya xavfi tufayli 300 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oladi

Ularning dasturiy taʼminoti yangilanishi kutilmoqda.

Tesla avariya xavfi tufayli 300 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oladi

 

Tesla 16 fevral kuni 363 ming mashinani qaytarishini eʼlon qildi. Bu avtomobillarga o‘rnatilgan to‘liq avtomatik haydash tizimining beta-versiyasi (Full Self-Driving Beta, FSD Beta) avariyaga olib kelishi mumkin.

 

AQSH yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi (NHTSA) maʼlumotlariga ko‘ra, FSD Beta ayrim vaziyatlarda, masalan, chorrahadan o‘tayotganda yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqarishi mumkin. Nomiga qaramay, FSD Beta barcha holatlarda ham inson ishtirokisiz avtomobilni boshqara olmaydi.

 

Qaytarib olish turli yillarda ishlab chiqarilgan Model S, Model X, Model 3 va Model Y mashinalariga taalluqli. Shu bilan birga Tesla ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri qaytarib olmaydi, balki avtomobillarga yangi dasturiy taʼminot o‘rnatadi.

 

Tesla avariya xavfi tufayli 300 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oladi | Zamon.uz