Xitoy aholisining qarishi va kamayishi: buning dunyo iqtisodiyotiga taʼsiri qanday?

Xitoyda aholi qarib, tug‘ilish darajasi pasaymoqda. Natijada Hindiston aholi soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi.

Xitoy aholisining qarishi va kamayishi: buning dunyo iqtisodiyotiga taʼsiri qanday?

 

2023 yil yanvar oyida Xitoy dunyodagi eng ko‘p aholi yashaydigan davlat maqomini yo‘qotdi. Butunjahon populyatsiya sharhi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yil oxirida Hindiston aholisi 1,417 mlrd kishini tashkil etdi, bu Xitoydagidan 5 millionga ko‘p. Bu yo‘qotishlar Xitoyda birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. 1959–1961 yillar boshidagi katta ocharchilikdan keyin ham xitoyliklar soni kamaygandi.

 

Aholisi 1950 yildan beri milliard kishiga ko‘paygan Hindistonda ham muammolar bor. Ayni paytda mamlakat aholisining deyarli yarmi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir, mehnat bozorida ish o‘rinlari yetarli emas. Nima uchun Hindiston yetakchilikni qo‘lga kiritdi, Xitoy esa aksincha? Har ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishi demografik o‘zgarishlar bilan qanday bog‘liq?

 

BMT hisobotiga ko‘ra, Hindiston 2023 yilda dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bo‘ladi. Mamlakat dinamik o‘sish surʼatlarini ko‘rsatmoqda: YAIM 2006 yildagi ko‘rsatkichdan uch barobarga o‘sdi. Bu yil mamlakat sarmoyadorlarni tobora ko‘proq jalb qilmoqda — 2022 yil dekabr oyida Hindiston fond bozori rekord darajaga ko‘tarildi. Bu xalqaro investitsiya fondlari va transmilliy korporatsiyalarning Xitoydan chiqib ketishi fonida yuz berdi.

 

Rivojlangan G‘arb mamlakatlarida asosiy isteʼmolchilar bebi-bumerlar hisoblanadi, chunki ular butun umr ishlab, mustahkam kapital olishga muvaffaq bo‘lishdi.  Xitoyda “bir oila, bir bola” tashabbusi biroz boshqacha tendensiyani keltirib chiqardi. 

 

Xitoy jamiyatidagi asosiy qadriyatlardan biri oila bo‘lib, uning markazi qoida tariqasida bitta bola atrofida aylanadi. Bu nafaqat bobo-buvilar, dadalar va onalarning barcha g‘amxo‘rligini, balki, odatda bolalarga investitsiya qilinadigan oilaviy jamg‘armalarni ham hisobga oladi. Shu sababli Xitoyda keksa avlod vakillari kapitalga ega bo‘lishiga qaramay, bu pul brendlarga bolalar orqali keladi va yoshlar hali ham asosiy isteʼmolchilar, va eng muhimi, tendensiyachilardir. Garchi elektron tijorat rivojlanishi, isteʼmol qilish qulayligi va tezligi, shuningdek, aholining tez qarishi bilan vaziyat asta-sekin o‘zgarib borayotgan bo‘lsa ham.

 

2020 yilda dunyo miqyosida 65 yoshdan oshganlar ulushi 9,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Xitoyda bu ko‘rsatkich 14,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda 63-o‘rinni egalladi. Yaponiyada 65 yoshdan oshganlar ulushi 28,4 foiz, Italiyada 23,3 foiz, Portugaliyada 22,8 foiz.

 

Tadqiqodchilarga ko‘ra, Xitoy aholisining qarishi dunyoga taʼsir qiladi, chunki global taʼminot zanjirlari ushu davlat iqtisodiyotiga juda bog‘liq. Qarishning salbiy taʼsiri nafaqat Xitoy uchun, balki butun sayyora uchun ogohlantirishdir. Chunki Pekin taʼminot zanjirining “yadrosi” sanaladi. Kelgusi bir necha yil ichida XXR 70 million ishchi kuchini yo‘qotadi. Demak, bu global taʼminot zanjiri uchun katta zarba, deb tushuntirdi ekspertlar.

 

O‘zgarishlar moliyaviy bozorlar holatiga ham taʼsir qiladi, chunki Xitoyda yuqori darajadagi jamg‘armalar global bozorlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy sayyoradagi eng yuqori shaxsiy jamg‘arma stavkalaridan biriga ega va ko‘plab chakana investorlar o‘z pullarini u yerga, shu jumladan, pensiya jamg‘armalariga investitsiya qilishadi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

Xitoy aholisining qarishi va kamayishi: buning dunyo iqtisodiyotiga taʼsiri qanday? | Zamon.uz