Jahon

Pokiston nega Saudiya Arabistoniga yordam bermayapti?

Yaqin Sharqda boshlangan urush 4 kundirki davom etmoqda. Eron AQSHning Saudiya Arabistonidagi harbiy bazasiga hujum qildi. Ammo Pokiston nega Saudiyaga yordam bermayapti?

Pokiston nega Saudiya Arabistoniga yordam bermayapti?

2025-yilda Saudiya Arabistoni va Pokiston o‘rtasida harbiy shartnoma imzolangan. Xalqaro tahlilchilarning baʼzilari bunga “Islom NATO”si deb baho berishgan edi.

 

Pokiston Islom olamidagi yagona yadroviy qurolga ega davlat sifatida, Saudiya Arabistoni uchun xavfsizlik kafolati vazifasini o‘taydi. Ko‘plab tahlilchilar buni Saudiya Arabistoni uchun yadroviy soyabon deb atashadi.

 

Shuningdek, imzolangan shartnomaga ko‘ra, agar qaysidir davlat Saudiyaga urush ochsa, Pokiston unga yordam berishi kerak yoki buning aksi

 

Nega Pokiston darhol Eron bilan urushga kirmayapti?

 

Shartnoma bo‘lishiga qaramay, Pokistonning ehtiyotkorligiga jiddiy sabablar bor.

 

Birinchidan, Pokistonning Eronga hujum qilishi o‘z chegarasida (Pokiston-Eron chegarasi) yangi urush o‘chog‘i ochilishini anglatadi. Bundan tashqari, Pokiston hozirda Hindiston va Afg‘oniston yo‘nalishidagi xavfsizlik muammolari bilan band.

 

Ikkinchidan, Pokistonda Eron bilan yaqin diniy va madaniy aloqador bo‘lgan aholi qatlami bor. Eron oliy rahnamosining o‘limi va Eronga qilingan hujumlar Pokistonning bir qator shaharlarida (Karachi va boshqalar) norozilik namoyishlariga sabab bo‘ldi. Hukumat mamlakat ichida barqarorlikni saqlashga majbur.

 

Uchinchidan, Pokistonning Saudiyaga beradigan yordami ko‘proq mudofaa va tiyib turish xarakteriga ega. Yaʼni Pokiston qo‘shinlari Saudiya hududini (ayniqsa Makka va Madina atrofini) himoya qilishi mumkin, lekin Eron ichkarisiga hujum qilish Pokistonning rejalarida yo‘q.

 

Boshqa tomondan esa Saudiya hali Pokistondan harbiy yordam so‘ramagan bo‘lishi mumkin.

 

Shartnoma kuchga kiradimi?

 

Agar Saudiya Arabistoniga qilingan hujumlar davom etsa va bu mamlakatning mavjudligiga tahdid solsa, Pokiston 2025 yildagi Mudofaa shartnomasiga muvofiq Saudiya Arabistoniga qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari va mutaxassislarni yuborish, Saudiya chegaralarini mustahkamlash uchun qo‘shin kontingentini oshirishi mumkin.

 

Pokiston hozirda Saudiyani diplomatik va maʼnaviy jihatdan to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Biroq Eron bilan bevosita harbiy to‘qnashuvga kirish Pokiston uchun oxirgi chora hisoblanadi. U hozircha vaziyatni muloqot yo‘li bilan hal qilishga va Saudiya hududini passiv mudofaa qilishga eʼtibor qaratmoqda.

 

Turkiya ham bu kelishuvga qo‘shilmoqchi edi

 

Joriy yilning 16-yanvar kuni Pokiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi mudofaa shartnomasiga Turkiya ham qo‘shilmoqchi edi. Lekin muammolar yuzaga kelayotgan edi.

 

Mutaxassislarning Turkiyaning bu shartnomaga qo‘shilishi va bu kelishuv mintaqada xavfsizlikni o‘rnatish uchun juda muhim kelishuv hisoblanadi.

 

O‘shanda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Saudiya Arabistoni va Pokiston bilan muzokaralar olib borilayotganini, biroq hozircha hech qanday kelishuv imzolanmaganini aytgan edi.

 

Fidanning taʼkidlashicha, Turkiyaning asosiy maqsadi — “yanada keng qamrovli mintaqaviy xavfsizlik platformasini shakllantirish”.

 

Turkiyaning Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan o‘tgan yil sentyabr oyida tuzilgan mudofaa ittifoqiga qo‘shilishi borasidagi dastlabki xabarni Bloomberg eʼlon qilgan edi.

 

Ushbu xabarda uch davlat o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish borligi qayd etilgan hamda Turkiyaning jarayonga qo‘shilishi mintaqaviy xavfsizlik muvozanatiga jiddiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligi taʼkidlangan.

 

Shohjahon Majidov tayyorladi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.