Yaponiya fojiasi, super innovatsiya, dunyoyotgan kelni kutaajak — yolg‘iz qariyalar jamiyati haqida

Har bir millatning o‘zigagina tegishli fojialari bor, hatto dunyo havas qiladigan Yaponiyaning ham.

Yaponiya fojiasi, super innovatsiya, dunyoyotgan kelni kutaajak — yolg‘iz qariyalar  jamiyati haqida

 

Mamlakatning eng katta oroli Toyama sohilida deyarli huvullab, bo‘shab qolgan Ivase shaharchasi misolida nafaqat Yaponiya, balki dunyoning kelajakdagi taqdirini ko‘rishimiz mumkin. Demografik o‘zgarishlar, tug‘ilishning kamligi Yaponiya hayotining barcha jabhalari, xususan, uning arxitekturasidan ijtimoiy siyosatigacha, biznes strategiyasidan tortib mehnat bozorigacha, jamoat joylaridan xususiy uylarigacha taʼsir ko‘rsatmoqda. Yaponiya faqat qarilar uchun mo‘ljallangan va hukmronlik qiladigan mamlakatga aylanib qolmoqda. Davlat aholisi Monako qirolligidan tashqari dunyodagi eng keksa aholi hisoblanadi: ayollar o‘rtacha 87,6 va erkaklar 81,5 yil umr ko‘rishadi.

 

 

Mamlakatdagi bu demografik muammo o‘z navbatida innovatsiyalar davriga yo‘l ochmoqda. 2020 yildan mamlakatdagi barcha innovatsion yechimlar, tajriba va ixtirolar aholining eng zaif, himoyaga muhtoj qatlamiga qaratilgan bo‘lsa-da, tez qariydigan jamiyat oqibatlari bilan to‘la kurasha olmayapti. Misol uchun, 2020 yili Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi “hamshira-robot”lar ishlab chiqaruvchi 8 ta yirik laboratoriyani ochgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib butun boshli mamlakat jonli laboratoriyaga aylanib ulgurdi.

 

 

Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar yetishmovchiligi kuchayib bormoqda, bo‘shliqni asosan Filippin va Vyetnamdan kelgan muhojir hamshiralar to‘ldirmoqda. Ammo mamlakatda malakali ishchilarga qattiq tartibdagi vizalar cheklovi bo‘lgani sababli bo‘shliqni chet ellik mutaxassislar bilan qoplashning imkoni yo‘q. 2040 yilga borib tizimda yana 700 ming mutaxassisga ehtiyoj sezishi kutilmoqda.

  

 

Tabiiyki, mutaxassislar qariyalar jamiyatining ayanchli oqibatlaridan asranish uchun hukumatga takliflar bermoqda. Hirotaka Unami yechimni to‘rtta masalada ko‘rishini aytib deydiki: iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish, ko‘proq ayollar va keksalarni mehnatga jalb qilish, isteʼmol solig‘ini oshirish va ijtimoiy sug‘urtani cheklash orqali keksalarni bir joyga to‘plab qo‘yuvchi emas, jamiyatga hissa qo‘sha oladigan jamiyatni yaratish mumkin. To‘rttala jihatni tahlil qilib aytish mumkinki, endi balki kechdir.

 

 

Yolg‘izlik va keksalik iskanjasidagi jamiyat tushkunlikka berilib, ilojsiz, qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q. Tokiodagi “Sompo‘s Future Care” laboratoriyasi, “Age Tech”, “Life Hub” kompaniyalari yolg‘iz keksalar va bemorlarni karavotdan aravachaga o‘tqazuvchi, har kuni hid orqali ularning tirik yoki o‘lik ekanini aniqlab ketuvchi Hug, Telenoid kabi robotlar, ko‘pik hosil qilib yuvintiruvchi vanna, aqlli ko‘rpa kabi startaplar bilan jamiyatdagi bir qator muammolarga yechim bermoqda.

 

Dunyo olimlarining taʼkidlashicha, Yaponiyaning hozirgi muammolari – bizni kutayotgan kelajakdir. Bu vaziyatga nafaqat kunchiqar mamlakat, balki dunyo hamjamiyati tayyor turishi, buning uchun esa robot-hamshiralar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash tizimiga yangicha innovatsion yechimlar kiritish talab etilmoqda.

 

“Yaxshi yasha! O‘limga hozirlan! Kelajakni qur!” – ABA sotuv kompaniyasining shiori dunyoga chalinayotgan bongga o‘xshaydi.

                                                                                                                                                               Sevara Alijonova

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"