0

"Samsung" xodimlariga sun'iy intellekt tizimlaridan foydalanishni taqiqladi

Kompaniya ichki kodlar sizib chiqishidan xavotirda.

"Samsung" xodimlariga sun'iy intellekt tizimlaridan foydalanishni taqiqladi

 

"Samsung Electronics" kompaniyasi xodimlariga ichki manba kodi sizib chiqqanidan keyin ChatGPT kabi generativ sun'iy intellekt tizimlaridan ish qurilmalarida foydalanishni taqiqladi.

 

Aprel oyida kompaniya muhandislari tasodifan ichki manba kodini ChatGPT’ga yuklashi orqali ma'lumot "sizib ketishi" yuz bergan edi. "Samsung" ushbu platformalarga uzatilgan ma'lumotlar tashqi serverlarda saqlanishidan xavotirda, bu esa ularni topishni osonlashtiradi va o'chirishni qiyinlashtiradi.

 

Yangi qoidalar generativ AI tizimlaridan kompaniyaga tegishli kompyuterlar, planshetlar va telefonlarda, shuningdek, ichki tarmoqlarda foydalanishni taqiqlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

"Samsung" xodimlariga sun'iy intellekt tizimlaridan foydalanishni taqiqladi