Shoira Oydin Hojiyeva vafot etdi
Ijodkor 81 yoshida olamdan o‘tdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar bermoqda.
U Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyati «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri, «Gulxan» jurnali bosh muharriri, «Milliy va ijtimoiy barqarorlik» jamg‘armasi raisi.
«Saodat» jurnali va uning ilovasi «Gulchehralar» gazetasida bosh muharrir. Ilk kitobi — «Shabnam».
«Manzillar», «Men sevgan qo‘shiq», «Orzu guli», «Tarovat», «Dostonlar», «Xushxabar», «Mushfiq onajon», «Chashmalarni izlayman», «Tamal toshi, «Ishonch yulduzlari», «Ko‘zimning oqu qorasi», «Panohim» kabi she’riy to‘plamlar muallifi.
Ijodida inson qalbi kechinmalari xalqona ohanglarda o‘ziga xos talqi-nini topgan.







