O'zbekiston

Endi issiqlikni tejash choralarini ko‘rish kerak—Shavkat Mirziyoyev

Prezident yangilangan issiqlik markazini borib ko‘rdi.

Endi issiqlikni tejash choralarini ko‘rish kerak—Shavkat Mirziyoyev

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent issiqlik markazi” korxonasining Shayxontohur tumanidagi 3-sonli issiqlik markazini borib ko‘rdi.

 

Bu majmua 1972 yilda qurilgan. Bu yerdagi 5 ta qozonxona umumiy qiymati 400 Gkal quvvatga ega. Jami 491 ta ko‘p qavatli uy, 150 dan ortiq ijtimoiy soha muassasalarga issiqlik yetkazib beradi.

 

O‘tgan qishda havo keskin sovib ketishi oqibatida tabiiy gaz bosimi pasayib, isteʼmolchilarga issiqlik yetkazish qiyin bo‘lgan edi. Shuning uchun joriy yilda issiqlik markazida muqobil yoqilg‘idan foydalanish imkoni yaratildi. Xususan, mazut xo‘jaligi qurilib, qozonlarning ikkitasi aralash shaklda – gaz va mazutda ishlashga moslashtirildi. Barcha qozonxonalar taʼmirlandi. Shuningdek, gaz bosimini taʼminlash maqsadida inshootga 4,6 kilometr alohida quvur tortildi. 

 

Bu saʼy-harakatlar natijasida kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni issiqlik bilan uzluksiz taʼminlash imkoni yaratildi. Xususan, tarmoq 30 daraja sovuq haroratgacha barqaror ishlaydi. Bunday paytlarda zaxiralangan mazutdan ishlatiladi. Quvurlar izolyatsiyasi mustahkamlangani uchun issiqlik yo‘qotilishi kamaytirilgan. Natijada aholiga 65 darajadan kam bo‘lmagan issiqlik yetkazib beriladi.

 

Xuddi shu tartibda 5-sonli issiqlik markazi ham modernizatsiya qilingan.

 

"Ochig‘i, uzoq yillar davomida bu tizimga eʼtibor bo‘lmagan. Issiqlik korxonalari eski resursda, eskicha uslubda ishlab kelgan. Lekin olingan issiqlik sarflangan xarajatga nisbatan o‘zini oqlamadi. Bundan odamlar ham rozi bo‘lmadi, korxonalar ham manfaat topmadi. O‘tgan yilgi sinovdan va imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, issiqlik taʼminotini modernizatsiya qilyapmiz. Endi issiqlikni saqlash va tejash choralarini ko‘rish kerak", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"