Jahon

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron davlat telekanali AQSh prezidenti Donald Trampning 20 yoshli o‘g‘li Barron Tramp haqida uch daqiqalik lavhani efirga uzatdi. Unda Barronni o‘ldirganlik uchun 10 million dollar mukofot va’da qilindi. Bu haqda Bild xabar berdi.

 

“Channel 3” telekanalida namoyish etilgan videoda Barron Tramp bo‘lishi mumkinligi aytilgan joylar, jumladan, uning taxminiy manzillari ko‘rsatilgan. Shuningdek, uning Vashingtondagi universitetga borish yo‘nalishi ham qayta tasvirlangan.

 

Lavhada AQSh Maxfiy xizmati agentlari Barronni tun-u kun qo‘riqlayotgani va ayrim agentlar uning universitetida talaba sifatida niqoblanib yurgani ta’kidlangan.

 

Biroq videodagi tasvirlarning katta qismi sun’iy intellekt yordamida yaratilgan sahnalashtirilgan materiallardan iborat. Lavhada Barron Trampga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi da’volarni tasdiqlovchi ishonchli dalillar keltirilmagan.

 

Mazkur lavha haqida xabar bergan Isroil OAVlari ham undagi bayonotlar Barron Trampga nisbatan real tahdid mavjudligini tasdiqlamasligini qayd etgan.

 

Eron davlat OAVlari avval ham Tramp oilasi a’zolariga tahdidlar bilan bog‘liq materiallarni namoyish etgan. Xususan, ilgari shunga o‘xshash lavha AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampga bag‘ishlangan bo‘lib, unda u odatda tashrif buyuradigan joylar haqida ma’lumot berilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.