O'zbekiston

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Toshkent halqa avtomobil yo‘lida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatni davom ettirgan davlat raqam belgisisiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, avtomobil Uchqahramon tomondan Hasanboy hududi tomon harakatlanayotgan vaqtda YPX xodimlari e’tiborini tortgan. Avtomobilning davlat raqam belgisi bo‘lmagan, old yon oynalari noqonuniy qoraytirilgani hamda orqa qismiga qo‘shimcha antenna o‘rnatilgani aniqlangan.

 

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan. Biroq u qonuniy talabga bo‘ysunmasdan, avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

 

Ko‘rilgan choralar natijasida haydovchi va transport vositasi ushlangan. Haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Malibu-2 vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

 

Holat bilan bog‘liq video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, o‘zini haydovchining otasi deb tanishtirgan shaxs videoni e’lon qilgan foydalanuvchilardan biriga murojaat qilgan. Tarqalgan audioyozuvda erkak “ishni pul bilan ham hal qila olmayotganini”, o‘g‘lini haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilishmoqchiligini aytib, videoni o‘chirishni so‘ragan. Foydalanuvchi talabni rad etganidan so‘ng esa erkak unga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatib, manziliga borish bilan tahdid qilgan.

 

Holat yuzasidan tegishli tartibda chora ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.