O'zbekiston

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda ikki holatda giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bojxona qo‘mitasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi.

 

Tezkor tadbirlarning birida oldindan olingan ma’lumotlar asosida gumon ostiga olingan fuqaro Farg‘ona–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomashinada yo‘lovchi sifatida Toshkent shahriga kelayotgani aniqlangan.

 

Avtomashina poytaxt hududiga kirganidan so‘ng to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida fuqaroning yonidan ikki dona yogurt idishiga polietilen paketga o‘ralgan holda yashirilgan, umumiy og‘irligi 267 gramm bo‘lgan giyohvandlik moddasi aniqlangan. Mazkur modda belgilangan tartibda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Yana bir tezkor tadbir Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

 

Unda oldindan olingan tezkor ma’lumotlar asosida gumon ostiga olingan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada xonadondan 14 gramm gashish, bir dona elektron tarozi hamda giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan maxsus moslamalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlariga ko‘ra, holatlarga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.