O'zbekiston

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati FVB xabar berdi.

 

Hodisa 2026-yil 23-avgust kuni soat 19:55 atrofida tumanning Gulqishloq MFY hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosida sodir bo‘lgan. Sayr uchun harakatlanayotgan katerlar to‘qnashib ketgan.

 

To‘qnashuv oqibatida bir kishi voqea joyida, yana bir fuqaro esa tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilganidan so‘ng vafot etgan.

 

Holat yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"