16 oktyabrdan Toshkent-Markaziy vokzali faoliyati tiklanadi
Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ maʼlum qildi.

Ertaga, 16 oktyabrdan boshlab Toshkent-Markaziy vokzali o‘z faoliyatini avvalgi jadval bo‘yicha boshlaydi.
Toshkent-Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan davom ettirish mumkin.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar avvalgidek Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi.
Hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16 oktyabr sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.







