O'zbekiston

Farg‘onada 2 kishi harbiylar tomonidan qurol qo‘llanilishi oqibatida vafot etdi

Holat bo‘yicha Chegaga qo‘shinlarining rasmiy bayonoti eʼlon qilindi.

Farg‘onada 2 kishi harbiylar tomonidan qurol qo‘llanilishi oqibatida vafot etdi

 

Farg‘ona tumani chegaraoldi hududida 2 fuqaro harbiylar tomonidan qurol qo‘llanilishi oqibatida vafot etdi. Holat bo‘yicha Chegara qo‘shinlarining rasmiy bayonoti eʼlon qilindi.

 

Qayd etilishicha, 16 oktyabrga o‘tar kechasi Farg‘ona tumani “Vodil” aholi punktida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan harakatlanib kelayotgan mahalliy fuqarolar A.M. va O.Yu. ismli shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilganida mazkur avtotransport vositasining salon qismida mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlangan.

 

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Chegara qo‘shinlari bo‘linmasiga borish taklif etilganida, fuqarolar A.M. va O.Yu. hamda voqea sodir bo‘lgan hudud yaqinida yig‘ilgan ularning o‘n nafarga yaqin sheriklari, spirtli ichimlik taʼsirida harbiy xizmatchilarning qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlar va chegarachilarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga nisbatan kuch ishlatishgan.

 

Natijada harbiy xizmatchilar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olgan. Qarshilik ko‘rsatayotgan kuchlar teng kelmaganligi bois, chegarachilar fuqarolarning noqonuniy harakatlarini to‘xtatish maqsadida ogohlantiruvchi o‘q uzishiga qaramasdan, ular g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini davom ettirganlar.

 

Ogohlantirishdan to‘g‘ri xulosa qilmay, harbiy xizmatchilarga faol qarshilik ko‘rsatishda davom etgan fuqarolarning ikki nafari qurol qo‘llanilishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha tegishli huquq-tartibot idoralari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"