O'zbekiston

Qashqadaryoda avtobusning gaz balloni portlashi oqibatida 4 fuqaro jarohatlandi

Voqea Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” ichki yo‘lida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryoda avtobusning gaz balloni portlashi oqibatida 4 fuqaro jarohatlandi

 

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida harakatlanib ketayotgan avtobusning gaz balloni portladi.

 

Viloyat FVBning maʼlum qilishicha, voqea joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 16:50 larda Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi-Buxoro” ichki yo‘lida sodir bo‘lgan.

 

“ISUZU” rusumli avtobus yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan vaqtda avtobusning gaz ballonida yorilishi sodir bo‘lgan", — deyiladi rasmiy xabarda.

 

Oqibatda 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada tan jarohatini olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa oqibatida bir kishining halok bo‘lgani aytilmoqda, biroq viloyat FVBning rasman bildirishicha, voqea joyida halok bo‘lganlar yo‘q.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"