Putin Shimoliy Koreyaga bormoqchi
Lavrov tashrifga tayyorgarlik uchun Pxenyanga jo‘nab ketdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vladimir Putinning KXDRga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish maqsadida Pxenyanga bordi.
Lavrov 3-Ipak yo‘li xalqaro hamkorlik forumidan so‘ng Pekindan Shimoliy Koreyaga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga tashrif buyurib, Putinni Pxenyanga taklif qilgandi. Ushbu tashrifdan so‘ng Shimoliy Koreya va Rossiya o‘zaro hamkorlikni, jumladan, Shimoliy Koreya qurollarini Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish keskin faollashgan.







