O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Butunxitoy qo‘mitasi Raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Butunxitoy qo‘mitasi Raisi bilan uchrashdi

Xitoyga tashrif tadbirlari doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi Raisi Van Xunin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Suhbatda Xitoy tomoni davlat rahbari “Makon va yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ilgari surgan muhim tashabbuslarni yuksak baholadi va buning uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

 

Konstruktiv siyosiy muloqotning bugungi darajasi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro ko‘mak alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Samarqand va Sian shaharlarida o‘tgan sammitlar davomida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda. 

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik ijobiy surʼat bilan rivojlanib bormoqda. Hududlar o‘rtasidagi aloqalar faollashdi. Oxirgi oylarda O‘zbekistonga Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududi, Shandun, Shensi, Szyansu va Szyansi muzofotlari delegatsiyalari tashrif buyurdi. 

 

Madaniy-gumanitar aloqalar va taʼlimdagi almashinuvni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"