O'zbekiston

Shaharlar ko‘chalarida kunduzi og‘ir yuk tashuvchi transportlar harakati cheklanishi mumkin

Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash hamda belgilangan og‘irlik va gabarit meʼyorlariga qo‘yilgan talablarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Shaharlar ko‘chalarida kunduzi og‘ir yuk tashuvchi transportlar harakati cheklanishi mumkin

 

Hujjat bilan respublikadagi barcha toifadagi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish hamda saqlash xarajatlarini qisqartirish ham ko‘zda tutilmoqda.

 

Hukumat mazkur hujjat bilan avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlarini nazorat qiluvchi statsionar shoxobchalar o‘rnatish va undan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish tizimini joriy etishni rejalashtiryapti.

 

Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi 237-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentda belgilangan yuk ko‘tarish meʼyorlariga javob bermaydigan importdan olib kelingan og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalarini (samosval va sochiluvchan yuklarni tashuvchi yarim tirkamalar) respublika hududidagi harakatini tartibga solinadi.

 

Belgilangan yuk ko‘tarish meʼyorlariga javob bermaydigan import qilinayotgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalarini respublika hududiga olib kirish va harakatlanishi taʼqiqlanadi.

 

Og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini esa mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash rejalashtirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, mazkur hujjat loyihasi muhokama uchun eʼlon qilingan bo‘lib, yuridik kuchga ega emas.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"