Surxondaryodagi “moyka” 90 mlnlik suv o‘g‘irlagani aniqlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida ichimlik suvi taʼminotidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Q.A.” MCHJ rahbari J.A. avtomobillarni yuvish shoxobchasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 91,5 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







