Jahon

Misr hamjamiyatni falastinliklarni himoya qilishga chaqirdi

Misr chegarasida Gaʼzo sektori uchun gumanitar yo‘lak ochilgan.

Misr hamjamiyatni falastinliklarni himoya qilishga chaqirdi

 

G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamlari kela boshladi. Ilgari gumanitar yordamni bombardimon tufayli yetkazib bo‘lmasdi. Bu haqda Misr prezidenti Qohirada o‘tayotgan Falastin muammosi bo‘yicha sammitda aytib o‘tdi.

 

Sammitda 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda. Bular, asosan, davlat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, bir qancha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardir. Misr prezidenti hamjamiyatni falastinliklarni himoya qilishga chaqirdi. Bahrayn qiroli Falastin huquqlari taʼminlanmay turib, Yaqin Sharqda barqarorlik bo‘lmaydi, degan bo‘lsa, Iordaniya qiroli G‘azo sektoridagi urushni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

 

Avvalroq G‘azo sektoriga xalqaro gumanitar yordam yuklangan birinchi yuk mashinalari yetib kelgani xabar qilingan edi. 20 ta yuk mashinasi oziq-ovqat, suv va dori-darmon olib kelgan.

 

Bir kun avval Misr bilan chegarada ushbu avtomobillar o‘tishi uchun nazorat-o‘tkazish punkti ochilgan edi. Og‘ir yuk mashinalari tarkibi Isroil harbiylari tomonidan qurol kontrabandasining oldini olish uchun sinchkovlik bilan tekshirildi, biroq taqiqlangan hech narsa topilmadi. G‘azo sektoriga 50 tonnaga yaqin oziq-ovqat keltirildi.

 

G‘azo sektori hozirda Isroil tomonidan butunlay to‘sib qo‘yilgan. Elektr o‘chirilgan, suv yo‘q. Mintaqa gumanitar falokat yoqasida. Ayni paytda Misr bilan chegarada oziq-ovqat va barcha zarur narsalar bo‘lgan yana 200 ga yaqin yuk mashinasi to‘xtab turibdi.

custom img

Iyul AQSh tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi

Rekord darajadagi issiq 185 milliondan ortiq kishiga ta’sir ko‘rsatgan.

custom img

Kolumbiyadagi zilzila qurbonlari soni 224 kishiga yetdi

Mamlakatda milliy falokat holati e’lon qilinib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

custom img

Livan o‘lim jazosini bekor qildi

Shu tariqa mamlakat arab dunyosida o‘lim jazosini rasman bekor qilgan birinchi davlatga aylandi.

custom img

Janubiy Afrikaning ayrim hududlarida kuchli qor yog‘di

G‘arbiy Keypdagi tog‘ cho‘qqilari ham qor bilan qoplandi. Mamlakat ob-havo xizmati ayrim hududlarda juda sovuq, yomg‘irli va kuchli shamolli ob-havo kuzatilishi haqida ogohlantirdi.

custom img

Tramp Eron tahdidi sabab Turkiyadan yashirincha harbiy samolyotda uchib ketgan

Tramp Turkiyaga NATO sammitida qatnashish uchun borgandi. Sammit yakunida esa Eron tomonidan unga qarshi suiqasd tahdidi aniqlanib, qaytish rejasi o‘zgartirilgan.

custom img

Bashar Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi

Shuningdek Suriya sudi sobiq prezidentning ukasi Maher al-Assad va amakivachchasi, Suriyaning sobiq harbiy amaldori Atef Najibni ham o‘lim jazosiga hukm qildi.

custom img

“U ajoyib” — Tramp FIFA prezidenti Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti rahbari Janni Infantinoni lavozimidan almashtirish tashkilot uchun “dahshatli xato” bo‘lishini aytdi.

custom img

Messi otasining vafoti sabab futboldagi faoliyatini vaqtincha to'xtatdi

“Inter Mayami” klubi futbolchiga muddatsiz ta’til bergan, uning jamoaga qaytish sanasi hozircha noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"