Jahon

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi


 
Eronning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari G‘ulom Husayn Darziy Xavfsizlik kengashining oziq-ovqat xavfsizligi va qurolli mojarolarning gumanitar oqibatlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida AQSHning Eronga qarshi bir tomonlama majburlov choralarini qoralashga chaqirgan. Bu haqda Tasnim news xabar berdi.


 
Darziy 2018-yilda qabul qilingan Xavfsizlik kengashining 2417-rezolyutsiyasi tinch aholini ochlikka duchor qilishni urush usuli sifatida qo‘llash hamda gumanitar yordam yetib borishiga to‘sqinlik qilishni qoralashini qayd etgan. U G‘azodagi vaziyatni ham tilga olib, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar hamda ochlikdan qurol sifatida foydalanish holatlari xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi ekanini bildirgan.


 
Eron vakili AQSHning siyosiy qo‘llovi sabab Xavfsizlik kengashi bunday holatlarga nisbatan o‘z vazifalarini to‘liq bajara olmaganini aytgan.


 
Darziy Hormuz bo‘g‘ozidagi beqarorlik va dengiz qatnovidagi muammolarga to‘xtalib, buning asosiy sababini AQSH va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlarida ko‘rgan. Uning ta’kidlashicha, 2026-yil 28-fevralda boshlangan harbiy amaliyotlar mintaqaviy va xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikka jiddiy oqibatlar keltirib chiqargan.


 
“Xavf ostida turgan narsa – xalqaro huquqning yaxlitligidir. Agar bunday noqonuniy harakatlarga qarshi chiqilmasa, ular xavfli pretsedent yaratishi mumkin”, – degan Darziy Xavfsizlik kengashidagi nutqida.


 
U AQSH tomonidan Eron kemalariga nisbatan amalga oshirilgan harakatlarni ham xalqaro huquqning buzilishi sifatida baholagan. Darziyning aytishicha, AQSH Markaziy qo‘mondonligi 12-avgust kuni 59 ta savdo kemasining yo‘nalishi o‘zgartirilgani, uchta kema faoliyati to‘xtatilgani va ikki kemaga kirilganini ma’lum qilgan.


 
Eron vakili AQSH tomonidan e’lon qilingan yangi iqtisodiy choralar oziq-ovqat, energiya, savdo va asosiy tovarlardan foydalanish imkoniyatlarini siyosiy bosim vositasiga aylantirayotganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, bunday harakatlarni xavfsizlik yoki dengiz qatnovi erkinligini ta’minlash zarurati bilan oqlab bo‘lmaydi.


 
Darziy barcha davlatlarni AQSHning boshqa mamlakatlarni o‘z siyosatiga bo‘ysundirishga qaratilgan ekstraterritorial bir tomonlama majburlov choralarini rad etishga chaqirgan.


 
Darziy, shuningdek, Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi huquqlariga to‘xtalgan. Uning aytishicha, bo‘g‘oz sohilbo‘yi davlati sifatida Eron o‘z hududi va suverenitetiga qarshi tajovuzlarga javoban xalqaro huquq doirasida zarur choralarni ko‘rish huquqiga ega.


 
“Tinchlik, mintaqaviy barqarorlik va xavfsiz kemachilikni tiklashning yagona barqaror yo‘li tajovuzni to‘xtatish, Eronning suvereniteti va hududiy yaxlitligini to‘liq hurmat qilish, noqonuniy dengiz qamallari va bir tomonlama majburlov choralarini bekor qilish hamda kelgusida bunday tajovuzlar takrorlanmasligi uchun ishonchli kafolatlar berishdir”, – degan Eron diplomati.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

custom img

Ukraina uch kunlik sulh joriy etdi

5–8 sentyabr davom etadigan sulh AQSh vakillarining Rossiya va Ukraina tashriflari arafasida joriy etilishi kutilmoqda.

custom img

AQSh xorijiy davlat xizmatchilari farzandlariga fuqarolik berishni cheklamoqchi

Taklif xorijiy elchixona va konsulliklarning ayrim xodimlari farzandlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.

custom img

Saudiya Arabistoni AQSHdan 5 milliard dollarlik aviabombalar sotib oladi

Bitim doirasida 227 va 907 kilogrammlik 10 mingta aviabomba yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

custom img

Tramp Rossiya va Ukrainaga muzokaralar uchun vakillarini yubormoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchrashuvlar davomida havo hujumlarini to‘xtatishga tayyorligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"