O'zbekiston

Zurab Pololikashvili UNWTO Bosh kotibi lavozimiga 3 muddatga saylanish huquqini qo‘lga kiritdi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley 25 sessiyasida Zurab Pololikashviliga faoliyatini davom ettirish uchun qayta saylanish imkoniyati berildi.

Zurab Pololikashvili UNWTO Bosh kotibi lavozimiga 3 muddatga saylanish huquqini qo‘lga kiritdi

 

Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining yubiley 25 sessiyasida Zurab Pololikashviliga faoliyatini davom ettirish uchun qayta saylanish imkoniyati berildi.

 

Maʼlumot uchun, Zurab Pololikashvili 2017 yilda UNWTO Bosh kotibiga aylangan. 2022 yilda Madridda bo‘lib o‘tgan Bosh Assambleyaning 24 sessiyasida esa ikkinchi bor qayta saylandi. Uning amaldagi vakolat muddati 2025 yilda tugaydi. Shu yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan UNWTO Bosh Assambleyasining 26-sessiyasida tashkilot bosh kotibligiga navbatdagi saylov o‘tkaziladi.

 

Taʼkidlash joizki, Zurab Pololikashvili boshchiligida UNWTO tomonidan bir qancha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. UNWTO‘ga aʼzo davlatlarda xorijlik turistlar soni keskin oshdi. Xususan, O‘zbekistonga 2022 yilda 5,2 million xorijlik sayyoh kelgan bo‘lsa, 2023 yilda bu raqam 7 millionga yetdi.

 

Alohida qayd etish kerakki, pandemiya davrida ham Z.Pololikashvili turizm sohasi rivojiga qaratilgan turli tadbirlarni amalga oshirdi. Buning samarasi o‘laroq turizm sohasi barqarorligini nisbatan saqlab qoldi va pandemiyadan keyin jadal suratlarda rivojlanmoqda.

 

Qolaversa, tashkilotga aʼzo davlatlar soni ortib bormoqda. So‘nggi ikki yil ichida moliyaviy menejmentda misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishildi: 2023 yilda tashkilot byudjetning muntazam daromadi 14,3 million yevroga yetdi. Zurab Pololikashvili bu mablag‘lar tashkilotga aʼzo davlatlarda turizm sohasi rivoji uchun sarflanishini bir necha bor taʼkidlagan.

 

Bundan tashqari, UNWTO hozirda 58 millat vakillaridan iborat 186 nafar xodimga ega. Tashkilot yosh isteʼdodlarni qo‘llab-quvvatlamoqda, gender tengligiga amal qilmoqda.

 

Z.Pololikashvili UNWTO Bosh kotibi sifatida Argentina, Xitoy, Hindiston, O‘zbekiston kabi davlatlardagi faoliyatini yana-da kuchaytirish niyatida. Tashkilot, shuningdek, taʼlimni kuchaytirish, investitsiyalarni oshirish va izchil islohotlar orqali turizm sohasini yana-da rivojlantirishni ustuvor maqsad sifatida belgilagan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"