Buyuk Britaniyada 1 milliondan ortiq bola qashshoqlikda yashamoqda
So‘nggi uch yilda mamlakatning qashshoqlik darajasi 61 foizga oshgan.

Buyuk Britaniyada qashshoqlik ortib bormoqda. O‘tgan yili mamlakatning 3,8 million aholisi, jumladan, bir million bola qashshoqlikka duch keldi.
Joseph Rowntree Foundation nodavlat tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi uch yilda Buyuk Britaniyada qashshoqlik darajasi 61 foizga, yordamga muhtoj bolalar soni esa 2017 yildan buyon uch baravar oshdi.
Qashshoqlik asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondira olmaslik sifatida tavsiflanadi. Bu oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, xullas, inson hayoti uchun zarur bo‘lgan boshqa narsalarning yetishmasligi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik, isteʼmol krediti bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish so‘rovda qatnashganlarning aksariyatiga xos bo‘ldi. Oziq-ovqat banklaridan foydalanuvchilarning ulushi esa (2019) 22 foizdan (2022) 35 foizgacha oshgan.
Yo‘qchilik qashshoqlikda yashayotgan odamlarning turmush tarzini yana-da yomonlashtiradi. Xususan, odamlar orasida qarzlarning ko‘payishi, oziq-ovqat banklariga qaramlik, uy-joy yetishmasligi va yeguliklarning taqchilligi vaziyatni yana-da og‘irlashtiradi.
Tadqiqot mualliflari "Buyuk Britaniyaning ijtimoiy taʼminot tizimi qashshoqlikning oldini olmaydi", degan xulosaga kelishdi. Chunki ijtimoiy nafaqalarning asosiy stavkasi shunchalik pastki, u mamlakatdagi qashshoqlik chegarasini yengolmaydi. Shu sababli, bugungi kunda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash huquqiga ega bo‘lmagan muhojirlar bilan chegaralangan qashshoqlikka asosan Buyuk Britaniya fuqarolari va ijtimoiy nafaqa oladigan oilalar duch kelmoqda.





