O'zbekiston

Tunda shovqin qilmang, aks holda qonun oldida javob berishingiz mumkin

Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarga qarshi kurashish tartibi belgilanadi.

Tunda shovqin qilmang, aks holda qonun oldida javob berishingiz mumkin

 

Adliya vazirligi tomonidan prezidentning “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar taʼsiridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

 

Loyihada quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:

 

  • zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlarni atrof-muhitga va aholi salomatligiga bevosita zarar yetkazuvchi zararli manbalar deb eʼtirof etish;

  • “Tungi vaqt”ni – soat 23:00 dan soat 6:00 ga qadar bo‘lgan vaqt, “shovqinsiz davr”ni – ish kunlarida soat 23:00 dan soat 7:00 ga qadar hamda dam olish va bayram kunlarida soat 21:00 dan soat 8:00 qadar bo‘lgan vaqt etib belgilash;

 

  • 2024 yil 1 yanvardan boshlab tungi vaqt va shovqinsiz davr mobaynida bir qator taqiqlar;

 

  • “Zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar yagona geoaxborot portali” tizimini yaratish hamda masʼul xodimlarni tizimdan foydalanish bo‘yicha o‘qitish;

 

  • hidlar va yorug‘lik shovqinlari bo‘yicha sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

 

  • atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash va buzish ishlarida changning chiqishi va atrof-muhitga tarqalishini oldini olish imkonini beradigan zamonaviy suvni purkaydigan (mikroklimat) texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘rish.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"