O'zbekiston

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘rtasida mobil telefon raqami orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish tartibi belgilandi. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori 24-avgust kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi. Buning uchun oluvchining mobil telefon raqami uning bank hisobvarag‘iga bog‘langan bo‘lishi kerak.

 

Pul o‘tkazmalari Markaziy bankning Tezkor to‘lovlar tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Foydalanuvchining bank mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami tegishli bank hisobvarag‘iga bog‘lanadi. Bir bank doirasida bitta mobil telefon raqamini faqat bitta bank hisobvarag‘iga biriktirish mumkin.

 

Bog‘lash jarayoni yakunlangach, maxsus “bog‘lash kodi” shakllantiriladi va bank mobil ilovasida foydalanuvchiga ko‘rsatiladi. Fuqaro telefon raqamini hisobvarag‘iga bog‘lashni istalgan vaqtda mobil ilova orqali yoki bankka bevosita murojaat qilib bekor qilishi mumkin.

 

Agar foydalanuvchi bank mobil ilovasida yangi telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazsa, avvalgi raqam avtomatik ravishda yangisiga almashtiriladi.

 

Pul yuboruvchi bank mobil ilovasidagi tegishli maydonga oluvchining telefon raqami yoki “bog‘lash kodi”ni kiritadi. Shundan so‘ng Tezkor to‘lovlar tizimi oluvchining hisobvarag‘i haqidagi ma’lumotlarni aniqlaydi.

 

O‘tkazmani tasdiqlashdan oldin foydalanuvchiga oluvchining F.I.O., banki hamda vositachilik haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Shundan keyin to‘lovchi o‘tkazma amalga oshiriladigan bankni tanlab, operatsiyani tasdiqlaydi.

 

Mobil ilova orqali amalga oshiriladigan bunday pul o‘tkazmalari 24/7 rejimida real vaqtning o‘zida bajariladi. Bankka bevosita murojaat qilib amalga oshiriladigan o‘tkazmalar esa bankning ish kunlari va ish vaqtida amalga oshiriladi.

 

Qarorda telefon raqami asosida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik va firibgarlikning oldini olish bo‘yicha amaldagi talablarga rioya etish majburiyligi belgilangan.

 

O‘tkazma muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, to‘lovchiga operatsiyani tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Unda o‘tkazma sanasi va vaqti, to‘lov tizimidagi raqam, banklar nomi, to‘lovchi va oluvchining ma’lumotlari, o‘tkazma hamda vositachilik haqi summasi aks ettiriladi.

 

Shunday qilib, yangi tizim ishga tushirilgach, fuqarolar boshqa shaxsga pul yuborishda uning bank rekvizitlarini izlab, kiritish o‘rniga mobil telefon raqamidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2026-yil mart oyida banklar o‘rtasida Account-to-Account (A-A) xizmati ham ishga tushirilgan. U jismoniy shaxslarga bir bank hisobvarag‘idan boshqa bank hisobvarag‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazish imkonini bergan.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"