O'zbekiston

Toshkentning 3 ta tumanida issiq suv o‘chiriladi

Issiq suv taʼminoti 31 oktyabr kuni to‘liq tiklanadi.

Toshkentning 3 ta tumanida issiq suv o‘chiriladi

 

Toshkent shahrining Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarda issiq suv taʼminoti o‘chiriladi.

 

Maʼlum qilinishicha, asosiy issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi "Toshkent issiqlik markazi" MCHJ 1-IM qozonxonasi gaz taʼminotidan vaqtinchalik uziladi. To‘xtash sababi "Hududgaz Poytaxt" yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq bo‘lib ishlar 30 oktyabr kuni soat 08:00 dan 31 oktyabr soat 20:00 gacha amalga oshiriladi.

 

Issiq suvni o‘chirish quyidagi hududlarga taʼsir qiladi:

 

Yunusobod tumani: S-4, S-5, S-6 dahalari, A. Donish, Ergashev, Bodomzor, Bog‘ishamol, G‘ulomov, Gidrometeorologiya markazi, A.Temur ko‘chalari.

 

Mirzo Ulug‘bek tumani: Navnihol, Neʼmat, Shahriobod, Do‘rmon yo‘li, Mo‘minov, Ziyolilar, Xojiboyev, Qalandar, M.Ulug‘bek, Levitan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi gospitali hududi, Sayram, Buyuk Ipak Yo‘li, M. Yusuf, Mustaqillik, Oqqo‘rg‘on, Irgashev, K.Niyozov, Murtazayev, P.Salar, P.Pishpek ko‘chalari, H.Olimjon maydoni, S-1, S-2, Yalang‘och, Bo‘z-1, Parkent dahalari.

 

Yashnobod tumani: Botkina, Tashselmash, Mirzo Ulug‘bek dahalari, Riyoziy, Parkent, Siolkovskiy, Maxtimquli ko‘chalari.

 

Issiq suv taʼminotining to‘liq tiklanishi gaz taʼminoti qayta tiklanganidan va 1-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so‘ng (taxminan 31 oktyabr yarim tunda) amalga oshiriladi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"