O'zbekiston

Endi jinoyat protsessida qatnashgan guvohlarga haq to‘lanadi

Hukumat bu bo‘yicha Nizomni tasdiqladi.

Endi jinoyat protsessida qatnashgan guvohlarga haq to‘lanadi

 

Hukumat qarori bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko‘ra, jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs bo‘lsa, u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga ishda ishtirok etishga jalb etilgan qonuniy vakiliga haq to‘lab beriladi.

 

Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb etilgan quyidagi shaxslarga haq to‘lab beriladi:

 

1) Jabrlanuvchilar va ishga ko‘maklashuvchi shaxslarga:

 

➖ularning doimiy yashash joylaridan tashqaridagi hududlarda o‘tkaziladigan protsessual harakatlarni amalga oshirish joyiga kelib-ketish xarajatlari;

 

➖turarjoy bilan bog‘liq xarajatlari (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi);

 

➖kundalik xarajatlari;

 

2) ekspert, tarjimon, mutaxassisga ishda ishtirok etishda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun, ushbu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;

 

3) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakili, guvohlar va xolislarga ishda ishtirok etishga ularni odatdagi mashg‘ulotidan qoldirilganlik (chalg‘itganlik) uchun.

 

Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilingan ishga ko‘maklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning turarjoy bilan bog‘liq xarajatlarini bir kunlik qoplash (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) miqdori BHMning 1,5 baravaridan oshmasligi lozim.

 

Turarjoyda yashaganligi bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.

 

Turarjoy ijarasidan foydalanilganda, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomasi taqdim etiladi.

 

Ekspert va mutaxassisga masʼul organlar (mansabdor shaxslar) topshirig‘iga ko‘ra bajargan ishi uchun soatiga BHMning 0,10 koeffitsiyenti miqdorida haq to‘lanadi.

 

Bir tarjimon tomonidan har bir ko‘rsatilgan xizmati uchun alohida to‘lov amalga oshiriladi.

 

Mazkur qoidalar protsessual majburiyatlarni xizmat topshirig‘i sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan ekspert, mutaxassis va tarjimonga o‘z vazifalarini bajarganlik uchun haq to‘lashga hamda xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"