O'zbekiston

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishni oshiradi

Bu bo‘yicha Moskvada uch tomonlama hujjat imzolangan.

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berishni oshiradi

 

Rossiyadan O‘zbekistonga neft xomashyosi yetkazib berish hajmi oshiriladi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

 

2024 yilda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga neft xomashyosi yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2023 yilning 3 noyabr kuni Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatda qayd etilgan.

 

Hujjatni Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari P.Sorokin, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari A.Axmedxadjayev va Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri o‘rinbosari E.Akkenjenov imzoladi.

 

Hujjatda qayd etilishicha, kelishuvni amalga oshirishda “OmskPavlodar – Chimkent – Shagir” neft quvuri orqali yuk tashishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Shartnomada tomonlarning uzoq muddatli asosda 2024 yilda va keyingi yillarda neft xomashyosi yetkazib berishni 1 million tonnaga yetkazish bo‘yicha tijorat shartnomalarini amalga oshirishda har tomonlama yordam ko‘rsatishi belgilab qo‘yilgan. Jumladan, neft xomashyosining o‘zaro maqbul narxini kelishish hamda uning hajmini oshirishni hisobga olgan holda, tomonlarning mamlakatlari hududi bo‘ylab neft xomashyosini to‘liq hajmda to‘sqinliksiz tashish taʼminlanadi.

 

Ushbu shartnoma quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga imkon beradi:

 

- joriy yilning 6-7 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan muhokamalar chog‘ida uch Davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvni tezkorlik bilan amalga oshirish;

 

- transport xarajatlarini hisobga olgan holda, temiryo‘l orqali yetkazib berishga nisbatan arzonroq bo‘lgan neft quvurlari taʼminotini rivojlantirish;

 

- O‘zbekiston Respublikasi hamda chegaradosh hududlarning neft quvurlari infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish;

 

- neft xomashyosi bilan barqaror taʼminlash va mamlakatda yuqori sifatli benzin hamda boshqa yoqilg‘i-moylash materiallarini ishlab chiqarish hajmining oshishi munosabati bilan O‘zbekistondagi neftni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan ikkita zavodning ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish;

 

- benzin ishlab chiqarishning ko‘payishi O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini ham kengaytirish imkonini yaratadi. Bu esa xizmat ko‘rsatish hamda yoqilg‘i sotish geografiyasi bo‘yicha aholiga sifat jihatidan yangi xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradi;

 

- Rossiya neft xomashyosining barqaror taʼminoti mavjud neftni qayta ishlash quvvatlarini modernizatsiya qilishga, shuningdek, yangilarini qurish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"