Toshkentda shaxmat bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin
Chempionat yil oxirida o‘tkazilishi kutilyapti.

Tezkor shaxmat bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati joriy yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida Toshkentda o‘tkazilishi mumkin.
Yaqinda FIDE komissiyasi vakillari Toshkentga kelib, tegishli majmualar, zarur obyektlar bilan tanishgan.
Moliyaviy masalalar o‘z yechimini topsa, tezkor shaxmat bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati O‘zbekistonda uyushtiriladi.







