Jahon

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

 

AQSh 24-avgust kuni Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqardi. Mazkur maqom Suriya uchun 1979-yildan buyon amal qilib kelayotgan edi. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi.

 

Qaror AQSh prezidenti Donald Trampning iyul oyidagi bildirishnomasi va Kongressdagi 45 kunlik ko‘rib chiqish jarayonidan so‘ng kuchga kirgan.

 

AQSh davlat kotibi Marko Rubioning ta’kidlashicha, qaror Suriya yangi hukumatining terrorizm bilan aloqalarni uzish va mamlakatni xalqaro terrorchilik harakatlaridan uzoqlashtirish borasidagi majburiyatlari hamda ijobiy qadamlaridan kelib chiqib qabul qilingan.

 

Qaror Suriya iqtisodiyotiga xalqaro investitsiyalarni jalb qilish yo‘lidagi muhim to‘siqlardan birini olib tashlaydi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘zgarish AQSh moliyaviy institutlarining Suriya banklari bilan ishlashi uchun ham imkoniyatlarni kengaytiradi, biroq sanksiyalangan shaxslar bilan operatsiyalarga cheklovlar saqlanib qoladi.

 

Shuningdek, AQSh Suriya hukumatining terrorizmga qarshi majburiyatlari fonida “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTS)ga nisbatan qo‘llangan ayrim terrorizmga qarshi cheklovlarni ham bekor qildi.

 

Suriya 1979-yilda AQShning terrorizm homiylari ro‘yxatiga kiritilgan edi. Endilikda ushbu ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruv va hibs: O‘zbekistonda jinsiy jinoyatda gumonlangan erkak Rossiyada qo‘lga olindi

Rossiyada noqonuniy yashab, qurilish maydonida ishlagan o‘zbekistonlik erkak nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

“Yana nomzodimni qo‘yish huquqiga egaman” — Tramp

AQSh prezidenti 2020-yilgi saylovlar soxtalashtirilganini da’vo qilib, uchinchi muddatga nomzodini qo‘yish huquqi borligini aytdi.

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi ko‘mir konida metan portladi: uch kishi halok bo‘ldi

Jarohatlangan besh nafar konchi shifoxonaga yotqizilgan.

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Ukraina bo‘yicha muzokaralar noyabrda Abu-Dabida o‘tkazilishi mumkin — Peskov

Kreml Ukraina bo‘yicha muzokaralar dastlab Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokida o‘tishini bildirdi.

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Yevropada jazirama oqibati: 50 mingdan ortiq kishi vafot etgan

Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada qayd etilgan.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.