Avstraliyaliklar Internetdan uzilib qoldi
Shuningdek, mobil aloqa ham yo‘q.

Avstraliyaning sharqiy qirg‘og‘idagi millionlab aholi provayder tizimdagi yirik nosozlik tufayli mobil aloqa va internetsiz qoldi.
Odamlar, shuningdek, qarindoshlar va do‘stlar bilan telefon orqali bog‘lanishning iloji yo‘qligidan shikoyat qilishmoqda.
Keyinchalik Melburnda jamoat transporti to‘xtatilgani maʼlum bo‘ldi. Bundan tashqari, bir qator tibbiy xizmatlarning telefon raqamlari, jumladan, tez yordam, taksi xizmatlari va oziq-ovqat yetkazib berishning telefon raqamlari bilan bog‘lanib bo‘lmayapti. Bir qator banklar va to‘lov tizimlari ham ishlamay qolgan.
Nosozlik sababi hozircha nomaʼlum. Provayder kompaniyasining vakillari aloqani tiklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganliklarini taʼkidlamoqdalar, ammo ishni yakunlash uchun aniq muddatni aytishgani yo‘q.
Ayni paytda mamlakat hukumati bu kiberhujum natijasi emasligini aytdi. Mutaxassislar muammo tizimni yangilashga noto‘g‘ri urinish tufayli yuzaga kelgan deb hisoblaydi.





