Vengriya Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishiga qarshi
“Ukraining ittifoqqa aʼzoligi bolkka urush olib keladi”, Vengriya TIV rahbari.

Ukraina Rossiya bilan urush tugamaguncha Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo‘la olmaydi, chunki bu blokka urush olib keladi.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyartoning aytishicha, agar Ukraina ittifoqqa qo‘shilsa, urush hech kim istamagan holda Yevropa Ittifoqiga kiradi, shuning uchun tinchlik o‘rnatilmaguncha mamlakat blokka qabul qilinishi mumkin emas.
TIV rahbari, shuningdek, Ukrainani Yevropa Ittifoqining milliy ozchiliklarga nisbatan tamoyillarini buzayotganlikda aybladi.
Bundan tashqari, u Yevropa Ittifoqining kengayishi G‘arbiy Bolqondan boshlanishi kerakligini taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, 8-noyabr kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Ukraina bilan aʼzo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qilgandi. Ammo Kiyev bir qator islohotlarni amalga oshirishi kerak. Bu haqda Yevropa Ittifoqi prezidenti Ursula fon der Lyayyen Bryusseldagi brifingda maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Yevropa Ittifoqi undan kutgan islohotlarning 90 foizini yakunladi, ammo kelajakda tugallanmagan o‘zgarishlarni davom ettirishi shart.





