O'zbekiston

Bugundan Toshkentda 7 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

12-, 26-, 30-, 54-, 73-, 133- va 150-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi.

Bugundan Toshkentda 7 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

 

Toshkent shahrida bir qator avtobuslar harakat yo‘nalishiga 2023 yil 10 noyabrdan boshlab o‘zgartirish kiritildi.

 

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, «1-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 12-sonli «Food city savdo markazi — Boshliq mavzesi» avtobus yo‘nalishining harakati Food city savdo markazi bekatidan Qo‘yliq dehqon bozori bekatigacha qisqartirilgan va yo‘nalish nomi 12-sonli «Qo‘yliq dehqon bozori — Boshliq mavzesi» avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.

 

«1-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 26-sonli «Majnuntol mahallasi — Oloy bozori» va 54-sonli «Qo‘yliq 1-mavzesi — Do‘stlik metrosi» avtobus yo‘nalishlarining hamda «2-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 30-sonli «Olmos mahallasi — Toshkent MUM» avtobus yo‘nalishining harakati Ohangaron shohko‘chasi va Shohimardon ko‘chasi kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali o‘zgartirildi.

 

«12-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 133-sonli «Qipchoq ASHB — Food city savdo markazi» avtobus yo‘nalishining Food city savdo markazidan qaytish harakati Gulzor mahallasiga kirmagan holda 4P21, Jaloir mahallasi, 4P21 yo‘li orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgartirildi.

 

«7-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 73-sonli «Chorsu metrosi — Chinni bozori» yo‘nalishining Chorsu metrosidan borish harakati Sakkokiy va THAY ko‘chalari chorrahasidan keyingi birinchi burilib olish manzili orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgartirdi.

 

«7-avtobus saroyi» filialiga biriktirilgan 150-sonli «Chilonzor 25-dahasi — Paxtakor metrosi» avtobus yo‘nalishining harakati Furqat ko‘chasidan Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor, KHAY, Labzak ko‘chalari orqali Malika fabrikasi bekatigacha uzaytirildi hamda qaytish yo‘nalishi Labzak, Nurafshon, Sebzor, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab tashkil qilinib, yo‘nalish nomi 150-sonli «Chilonzor 25-dahasi — Malika fabrikasi» avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"