Davlat xizmatchilarining ishdan tashqari vaqtda qanday majburiyatlari bor?
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bu haqda maʼlumot berdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining maʼlum qilishicha, ularning ishdan tashqari vaqtda ham qator majburiyatlari bor.
Ular quyidagilar:
-
rasmiy eʼlon qilingan maʼlumotlardan tashqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik;
-
dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
-
jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) o‘zini tutish qoidalariga rioya etish, atrofdagilarning eʼtiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
-
jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki daʼvat qilmaslik;
-
xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qatʼiy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeyini suiisteʼmol qilmaslik;
-
ish faoliyati bilan bog‘liq maʼlumotlarni ishga aloqador bo‘lmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmaslik;
-
o‘zi faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat xizmatiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlardan tiyilish;
-
tashqi ko‘rinishini belgilangan meʼyorlar doirasida saqlash, kamtarona kiyinish, atrofdagilarning eʼtiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik.







