Jahon

Toshkentda 43 yoshli erkak mastlikda sherigini o‘ldirib qo‘ydi

Holat joriy yil Qurbon hayiti kuni yuz bergan.

Toshkentda 43 yoshli erkak mastlikda sherigini o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda 43 yoshli erkak tanishini urib o‘ldirib qo‘ydi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, voqea 2023 yilning 28 iyun kuni, Qurbon hayiti bayramida sodir bo‘lgan. Asli namanganlik 43 yoshli B.A. shu kuni bayramni nishonlash maqsadida tanishi M.K.ning ish joyiga borgan. U yo‘lda o‘zi bilan olib kelgan spirtli ichimlikni M.K. bilan birga ichib, ovqatlanib bo‘lgach, uxlab qolgan.

 

B.A.ning so‘zlariga ko‘ra, u uxlab yotgan paytda M.K. temir choynak bilan boshiga urgan. Uyg‘onib, nega bunday qilganini so‘raganda esa so‘kinganligini aytib, uni urmoqchi bo‘lgan. B.A. esa tushida so‘kingan bo‘lishi mumkinligini tushuntirib, o‘zini himoya qilishga uringan. Shundan so‘ng, u M.K.ni bosib olib, bir necha marotaba qattiq urgan va keyin joyiga yotib uxlagan. Tongda turib, sherigini uyg‘otmoqchi bo‘lganida esa uning vafot etganini tushungan.

 

So‘ngra, xotiniga qo‘ng‘iroq qilib, voqeani so‘zlab bergan. Xotini unga militsiyaga o‘zini topshirishni maslahat bergan.

 

2023 yilning 4 oktyabr kuni holat yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda ayblanuvchining xotini 2022 yildan buyon eri bilan yashamasligi, bunga ham uning spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygani va mast holda ko‘p janjal qilishi sabab bo‘lganini aytgan.

 

Sud B.A.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan.

custom img

“Uyda yolg‘iz” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Uning o‘limi sababi hozircha ochiqlanmagan.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"