Jahon

Amerikalik bola teri saratonini davolovchi sovun yaratdi

Sovun teri orqali organizmning immunitet tizimini faollashtiradigan dorilarni yetkazib beradi.

Amerikalik bola teri saratonini davolovchi sovun yaratdi

 

Amerikalik maktab o‘quvchisi teri saratonini bartaraf etishda samarali taʼsir ko‘rsatadigan sovun ishlab chiqdi. U “Young Scientist‘s Challenge” tanlovida bosh mukofot bilan taqdirlandi.

 

Xeman Bekelening oilasi uning to‘rt yoshligida Efiopiyadan AQSHga ko‘chib o‘tgan. Biroq, bolakay o‘z yurtida kun bo‘yi jazirama quyosh ostida mehnat qilgan odamlarni esladi. Mazkur xotiralar uni ana shunday ixtiroga ilhomlantirgan.

 

Sovun teri orqali organizmning immunitet tizimini faollashtiradigan va saraton hujayralariga qarshi kurashishga yordam beradigan dorilarni yetkazib beradi. Asosiy faol moddasi imidazoxinolin bo‘lib, u ilgari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda ishlatilgan.

 

Sovun tarkibida lipidga asoslangan nanozarrachalar ham mavjud bo‘lib, ular shifobaxsh birikmalarning terida uzoq vaqt qolishiga imkon beradi.

 

“Gap shundaki, sovunni yuvib tashlaganingizdan keyin ham shifobaxsh komponentlar teringizda saqlanib qoladi”, — dedi ishlanma muallifi.

 

Lipid nanozarrachalari ko‘pincha vaksinalarda qo‘llaniladi. Ammo ularni inyeksiya yo‘li bilan tanaga kiritish shart emas. Teriga surtilganda nanozarrachalar uning yuzasida ko‘rinmas qatlam hosil qiladi, bu esa faol birikmalarning kirib borishini osonlashtiradi. Texnologiyaning raqamli molekulyar sinovi yuqori samaradorlikni ko‘rsatdi. Biroq, loyiha muallifi odamlarda klinik sinovlar o‘tkazish uchun hozircha ruxsatga ega emas. Xeman keyingi besh yil ichida sovunni odamlarda sinab ko‘rish uchun ruxsat olish va FDA sertifikatini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

custom img

“Uyda yolg‘iz” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Uning o‘limi sababi hozircha ochiqlanmagan.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"