O‘zbekistonda 300 nafar chaqaloq 1 yoshga yetmasdan vafot etgan
Mamlakatda chaqaloqlarning o‘lim ko‘rsatkichi tahlil qilindi.

UNICEF taʼrifiga ko‘ra, chaqaloqlar o‘limi – bu maʼlum bir davrda tug‘ilgan bolaning ushbu davrdagi yoshga oid o‘lim koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda, har 1 000 ta tug‘ilish bo‘yicha 1 yoshga to‘lmasdan vafot etish ehtimolidir.
O‘lim ko‘satkichlarini tahlil qilishga oid tadqiqot 9064 ta tug‘ilish haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga oldi, bundan 300 nafar bola bir yoshga to‘lmasdan vafot etgan.
Egizak tug‘ilgan bir yoshgacha bo‘lgan bolaning o‘lim xavfi 6,05 foizga yuqori.
Chaqaloqlar o‘limini aniqlovchi navbatdagi omil bolaning tug‘ilish tartibi edi. Tartib bo‘yicha ikkinchi va uchinchi tug‘ilgan bolalarda xavf 1,04 foizga, to‘rtinchi va undan keyin tug‘ilgan bolalarda esa onalari birinchi marta tug‘ayotgan bolalarga nisbatan 2,22 foizga yuqori bo‘lgan.







