O'zbekiston

Samarqanddagi “SRIS-21 yashil bog‘i”da 1000 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi

Bog‘ hududi 2,5 gektarga teng bo‘lib, aholi uchun xizmat qiladigan jamoatchilik bog‘iga aylantiriladi.

Samarqanddagi “SRIS-21 yashil bog‘i”da 1000 tup daraxt ko‘chati o‘tqazildi

 

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (SRIS-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida Samarqandda “SRIS-21 yashil bog‘i” barpo qilindi.

 

Tadbirda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash bo‘yicha Konvensiya ijrochi kotibi Ibrohim Tiav, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda xorijiy delegatsiyalar vakillari ishtirok etdi. 

 

Tadbir davomida “SRIS-21 yashil bog‘i”da 1000 tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Maʼlumot uchun, bog‘ hududi 2,5 gektarga teng bo‘lib, aholi uchun xizmat qiladigan jamoatchilik bog‘iga aylantiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi bugun anʼanaga aylandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, vazirlik huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz bo‘ylab daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

 

Xususan, ushbu loyiha boshlanganidan beri o‘tgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog‘ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.

 

Joriy yilda esa 25-oktyabrdan 1 dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilindi, uning doirasida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan.

 

Qolaversa, o‘rmon xo‘jaliklarida 5 million dona daraxt ekish, chiqindi poligonlari atrofida va yirik sanoat korxonalari hududida “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlarida 20 million tup terak, tut va uzum ekish, bog‘cha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 3,5 millionta ko‘chat ekish, Orolning qurigan tubida 100 ming gektarda “yashil qoplama”larni barpo etish ko‘zda tutilgan.

 

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"