Eron urushda bevosita ishtirok etish niyatida emas — Reuters
Ammo Tehron HAMASni qo‘llab-quvvatlaydi.

Eron hukumati Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushda bevosita ishtirok etish niyatida emas, ammo HAMAS vakillarini “siyosiy va ma‘naviy” qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomaniy noyabr oyi boshida Tehronda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida HAMAS yetakchisi Haniga mamlakat Isroilga qarshi urushga kirishmasligini ochiq aytgan.
Eron 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumi haqida ogohlantirilmagan, deb yozadi agentlik o‘z ismini oshkor qilishni istamagan Eron va HAMASning uchta yuqori martabali rasmiysiga tayanib.
Qayd etilishicha, Hizbulloh ham HAMASning Isroilga qilgan hujumidan hayratda qolgan.
Avvalroq Eron Prezidenti Ibrohim Raisi Isroil o‘z harakatlari bilan qizil chiziqlarni kesib o‘tganini, bu esa hammani chora ko‘rishga majbur qilishini aytgan edi.





